Sertifikat Akademiya

Algebraik shakl almashtirishlar · 5-dars · 45 daqiqa

Arifmetik ildiz xossalari, irratsionallikdan qutqarish, murakkab ildizlar

Bu darsdan keyin siz:

Ildiz nima uchun kerak?

Oldingi darsda biz sonni darajaga koʻtarishni oʻrgandik: $3^2 = 9$. Endi teskari savolni beramiz: kvadrati $9$ ga teng son qaysi? Kvadrati $2$ ga teng son-chi? Birinchi savolga javob oson — $3$ (va $-3$). Ikkinchisiga esa butun ham, oddiy kasr ham javob bermaydi: kvadrati $2$ ga teng son irratsional, uni cheksiz davriy boʻlmagan oʻnli kasr bilan yozish mumkin: $1{,}41421\ldots$ Bunday sonlarni qisqa va aniq yozish uchun ildiz belgisi ishlatiladi: $\sqrt{2}$. Tomoni $1$ boʻlgan kvadratning diagonali aynan $\sqrt{2}$ ga teng, shuning uchun ildizlar geometriyada ham doim uchraydi.

Nega $\sqrt{2}$ ni oddiy kasr bilan yozib boʻlmaydi? Faraz qilaylik, $\sqrt{2} = \frac{p}{q}$ — qisqarmas kasr. Unda $p^2 = 2q^2$, demak $p^2$ juft, shuning uchun $p$ ham juft: $p = 2k$. Oʻrniga qoʻysak, $4k^2 = 2q^2$, yaʼni $q^2 = 2k^2$ — $q$ ham juft. Lekin unda kasr $2$ ga qisqarar edi, bu farazimizga zid. Demak, $\sqrt{2}$ — irratsional son. Xuddi shunday, toʻla kvadrat boʻlmagan har qanday natural sonning ildizi irratsional: $\sqrt{3}$, $\sqrt{5}$, $\sqrt{6}$ va hokazo. Shuning uchun javoblarda ular «ildiz bilan» qoldiriladi.

Darsda yana nimalar bor

🔒 Bu dars toʻliq kursda

Har bir modulning birinchi darsi, “Kirish” va “Sonlar va amallar” modullari, diagnostika testi va sinov imtihoni bepul. Qolgan darslar va mashqlar toʻliq kursda ochiladi.

Toʻliq kursni ochish — 150 000 soʻm

Kursga yozilgan boʻlsangiz, tizimga kiring.