Sertifikat Akademiya

Bepul test

Sinov imtihoni №1 (toʻliq format)

Bu sinov imtihoni haqiqiy milliy sertifikat testi formatida tuzilgan: 45 ta topshiriq, 150 daqiqa. Kalkulyator, formulalar jadvali va telefondan foydalanmang — haqiqiy imtihonda ular ruxsat etilmaydi. Qoralama uchun qogʻoz va ruchka tayyorlab qoʻying.

Vaqt “Testni boshlash” tugmasini bosgan zahotingiz hisoblana boshlaydi. Javoblaringiz brauzerda avtomatik saqlanadi; vaqt tugaganda test oʻzi topshiriladi. Notoʻgʻri javob uchun ball ayirilmaydi, shuning uchun hech bir topshiriqni boʻsh qoldirmang. Natijada taxminiy ball (75 dan), daraja va har bir topshiriqning toʻliq yechimi chiqadi.

  • 1–32-topshiriqlar — yopiq: toʻrtta javobdan bittasini tanlang.
  • 33–35-topshiriqlar — moslashtirish: har bir bandga bitta javobni tanlang.
  • 36–45-topshiriqlar — ochiq javobli, har birida a) va b) qismlar bor. Faqat yakuniy javob tekshiriladi: sonni yozing (kasr boʻlsa, masalan, 3/4 yoki 0,75).

Topshiriqlarni tartib bilan ishlash shart emas: avval oʻzingizga oson boʻlganlarini bajaring, qiyinlariga keyin qayting. Natija 75 ballik shkalada taxminiy hisoblanadi (haqiqiy imtihonda Rasch modeli qoʻllanadi), lekin u darajangizni va qaysi mavzularni takrorlash kerakligini koʻrsatadi. Har bir topshiriqning toʻliq yechimi test tugagandan keyin ochiladi.