Ilova · versiya 1.0.2
Kursni internetsiz oʻrganing
Barcha 60 ta video dars, nazariya, interaktiv chizmalar, mashqlar va ikkala test telefon yoki kompyuteringizga oʻrnatiladi — internet kerak emas.
📱 Android
Android 6 va undan yangi telefon va planshetlar uchun.
APK faylini yuklab olish · 278 MB- Faylni yuklab oling va oching.
- Telefon “nomaʼlum manbalar”dan oʻrnatishga ruxsat soʻrasa — Ruxsat berishni bosing (faqat shu ilova uchun).
- Oʻrnatishni bosing. Yuklab olish uchun Wi-Fi tavsiya etiladi.
“Paket yaroqsiz” (package appears to be invalid) desa: fayl toʻliq yuklanmagan. Yuklab olinganlardan oʻchiring, Wi-Fi orqali qayta yuklang va Fayllar (Files) ilovasidagi “Yuklanmalar” papkasidan oching.
💻 Windows
Windows 10 va 11 (64-bit) kompyuterlar uchun.
Oʻrnatuvchini yuklab olish · 380 MB- Faylni yuklab oling va ishga tushiring.
- Windows “Kompyuteringiz himoyalangan” desa — Batafsil → Baribir ishga tushirish.
- Oʻrnatish tugagach, ish stolidagi Sertifikat Akademiya belgisini bosing.
Pullik darslar qanday ochiladi?
Ilovada “Kirish” va “Sonlar va amallar” modullari, har bir modulning birinchi darsi hamda diagnostika va sinov testi bepul. Toʻliq kurs uchun saytda toʻlov qiling, soʻng ilovada Kirish boʻlimida saytdagi telefon raqamingiz va parolingiz bilan bir marta kiring (internet kerak). Shundan keyin barcha darslar va videolar internetsiz ochiladi.
Bitta hisob bilan 3 tagacha qurilmada foydalanish mumkin. Ilovadagi mashq va test natijalari shu qurilmada saqlanadi.