Sertifikat Akademiya

Bepul test

Ingliz tili diagnostika testi

Bu bepul diagnostika testi taxminan 40–45 daqiqa davom etadi va ikki boʻlimdan iborat: Listening (20 daqiqa, 20 ta savol) va Reading (25 daqiqa, 23 ta savol). Topshiriqlar haqiqiy Multilevel imtihonidagi qismlar shaklida, lekin qisqartirilgan: Listeningning 1, 2 va 5-qismlari, Readingning 1, 2 va 4-qismlari.

Test oxirida siz taxminiy darajangizni (B1 dan past, B1, B2 yoki C1 ga yaqin) va qaysi qismlar zaif ekanini koʻrasiz: masalan, qisqa suhbatlarni yaxshi tushunasiz-u, lekin raqam va soʻzlarni yozishda (gap-fill) xato qilasizmi yoki True/False/Not Given savollarida adashasizmi. Shu natijaga qarab qaysi darslardan boshlashni tanlaysiz.

Har bir audio ikki marta eshittiriladi. Lugʻat yoki tarjimondan foydalanmang — aks holda natija sizning haqiqiy darajangizni koʻrsatmaydi. Writing va Speaking bu testga kirmaydi; ularni toʻliq sinov imtihonlarida mashq qilasiz.