Bepul test
Multilevel sinov imtihoni №1
Bu — Multilevel (CEFR) ingliz tili imtihonining toʻliq sinov varianti. U haqiqiy imtihon kabi 4 boʻlimdan iborat: Listening (45 daqiqa, 6 qism, 35 savol), Reading (60 daqiqa, 5 qism, 35 savol), Writing (60 daqiqa, 3 topshiriq) va Speaking (taxminan 15–20 daqiqa, 8 savol).
Har bir audio ikki marta eshittiriladi. Har bir boʻlim ichida savollar B1 darajasidan C1 darajasiga qarab qiyinlashib boradi. Vaqtni haqiqiy imtihondagidek belgilab ishlang; test tugagach, har bir javobning oʻzbekcha izohini koʻrasiz.